Ijtimoiy tarmoqlarda 6-noyabr kuni taniqli xonanda Yulduz Usmonova vafot etdi, degan xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar yolg‘on bo‘lib, aslida uning onasi Rahima aya Usmonova vafot etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda o’z o’quvchilarini ko‘paytirish maqsadida ana shunday “chaqiruvchi sarlavha”- klikbeytlardan (clickbait) foydalanishgan. O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova onasi vafotidan oldin og'ir kasal bo'lganini aytib berdi.
Yulduz Usmonovaning so'zlariga ko'ra, onasi altsgeymer kasalligi bilan og'rigan. Kasallik sabab onasi oila a'zolarini yaxshi tanimagan. Biroq Yulduz Usmonova onasining oldiga borganda uni yuragi bilan taniganini va «Menikilar keldi», deb aytganini ta'kidladi.
«Onam altsgeymer bo'lib qolgan. Bizni tanimaydi. Lekin uyga borganda ‘Meniki keldiʼ, der edi. Miya tanimagani bilan yurak tanir ekan. ‘Menikilar keldiʼ, deydi. Bolalarini taniydi», — deydi honanda. Shuningdek, Yulduz onasi uni to'g'ri yo'lga boshlagani, qattiqqo'l bo'lgani haqida gapirdi. Xonandaning so'zlariga ko'ra, ishchilar oilasida tug'ilgan. Biroq u onasi 8 ta farzadni uyli-joyli qilganini ta'kidladi.
«To'g'ri yo'lga boshlagan ekan. Har bitta aka-ukalarimni uyli-joyli qilgan. Ishchilar oilasi bo'lganmiz. Hammamiz oylikni bir joyga tashlar edik. Shuning uchun onam qattiqqo'l edi. Ipakchilar kombinatuda ishlagan. Oson emas 8 ta bolani uyli-joyli qilish. Mana shunday baxtli yurishimda ota-onamning hissasi katta. Shunday onam borligiga, o'qlov bilan urganiga xudoga shukur. Yani ham onam shunday tarbiya bergan ekan», — deydi xonanda.
Faсtcheсker.uz xulosasi: yolg‘on