top of page

Yaqin orada Oʻzbekiston hududida zilzilaлар sodir bo‘ladimi?


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda zilzila bo‘lishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.  11-13 aprel kunlari dunyoning seysmik hududlaridan birida 8 magnitudadan yuqori balli zilzila boʻlishi bashorat qilingan.



Seysmologiya instituti olimi Ulfat Nurmatov yaqin kunlarda Markaziy Osiyo hududlarida kuchli zilzilalar kutilmayotganini kun.uz saytiga bergan intervyusida   maʼlum qildi. 

Aprel  oyida yerning seysmik zonalaridan birida 8 magnitudadan yuqori kuchli zilzila boʻlishi bashorat qilingan. Bu haqda Quyosh tizimi geometriyasi tadqiqot (Solar System Geometry Survey) instituti eʼlon qildi. Niderland seysmologi Frank Hugerbits va uning jamoasi atmosferadagi tebranishlar bilan bogʻliq oʻzgarishlarni tahlil qilib, zilzila kunlari va hududini tahmin qilgan.



Olimlar ehtimoliy zilzila boʻladigan 50 ta hudud roʻyxatini tuzib chiqqan. Ular ichida Oʻzbekiston va unga qoʻshni davlatlar kiritilmagan. Seysmologiya instituti katta ilmiy xodimi Ulfat Nurmatov Seysmologiya instituti olimlari kuzatuv kengashida har hafta dunyo va respublikadagi seysmik faollikni tahlil qilib borishini maʼlum qildi.

“Bunda qayerda qanday zilzila boʻlgani va qanchalik faolligini oʻrganamiz. Oʻtgan haftada ham xuddi shunday kengash yigʻilishi oʻtkazildi va yaqin orada Markaziy Osiyo, Oʻzbekiston hududida kuchli zilzilalar boʻlishi kutilmayapti. Hozir Markaziy Osiyo hududlari oʻrtacha faollik holatida”, – dedi mutaxassis.

Nurmatov Frank Hugerbitsning taxmini haqida ham oʻz fikrini bildirdi. Unga koʻra, kuchli zilzilalarning aniq sanasini qisqa muddatda taxmin qilish juda qiyin masala.

“Seysmologlar, odatda, tekshiruv va kuzatuvlari natijasida keyingi kuchli zilzila qayerda boʻlishi mumkinligini ayta olishadi, lekin aniq sanasini emas. Baʼzan aytilgan sanalar toʻgʻri chiqadi, baʼzan esa yoʻq. Bu faqat taxmin, xolos”, – degan seysmolog.

Maʼlumot uchun, Frank Xugerbits – taniqli zilzila bashoratchisi va Quyosh tizimi geometriya tadqiqoti instituti (SSGEOS) tadqiqotchisi. U 1968-yil 26-oktabrda Gollandiyaning g‘arbiy qismidagi Haarlem shahrida tug‘ilgan. Hugerbits seysmik faollik va samoviy jismlarning tekislanishi, xususan, Quyosh va Oy bilan sayyoralar  o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi nazariyalari bilan mashhur. Hugerbitsning zilzilalar va vulqon otilishi haqidagi nazariyalari va bashoratlari rasmiy fan tomonidan qo'llab-quvvatlanmagan. Aksariyat seysmologlar va geologlar uning bayonotlarini ishonchli deb bilishmaydi. Shunga qaramay, Hugerbitsning prognozlari zilzilalarni bashorat qilishning ishonchli usullari yo'qligi sababli katta qiziqish uyg'otmoqda.



2023 yili olim 3-fevral kuni o‘zining Twitter sahifasida Turkiyada 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lishini bashorat qilgan edi.

Ammo bu safar  Frank Hugerbitsning bashorati qisman to‘g‘ri chiqdi. Frank Hugerbitsning bundan oldin 11—13 aprel kunlarida sayyorada 7-8 magnitudali kuchli zilzila bo‘lish xavfi to‘g‘risidagi prognozi o‘zini oqlamagan bo‘lsa, 2023 yil Turkiyadagi talofatli zilzilani voqeadan 3 kun oldin to‘g‘ri prognoz qilgan edi .

O‘zbekistonda  19 aprel kuni soat 05:15 da Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring respublika markazi ma'lum qildi.

Episentrdagi zilzila magnitudasi — 3. Chuqurligi esa 15 kilometrni tashkil qilgan. Zilzila episentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa — 448 km janubi-sharqda.

Shuningdek, 18 aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Toshkent shahri, Sirdaryo va vodiy viloyatlarida ham sezilgandi. Bu oy hisobidan 5 aprel tongida ham Qozog‘istonda zilzila sodir bo‘lib, uning kuchi Toshkent shahrining bir necha hududlari va Toshkent viloyatida sezilgan.

20.04.2024 yil, Toshkent vaqti bilan 09:32 da (20.04.2024 yil, Grinvich bo'yicha 04:32 da) Afg'onistonda ham zilzila sodir bo'ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 536 km janubi-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti yetakchi ilmiy xodimi Roman Ibragimovning fikriga ko‘ra, " Yer yarim suyuq mantiya ustida “suzuvchi” litosfera plitalari bilan qoplangan. Ushbu plitalarning harakati juda ko'p stressni keltirib chiqaradi. U tegib turgan jinslarning kuchlanish kuchidan oshib ketganda, plitalar siljiydi. Bu vaqtda energiya seysmik to'lqinlar shaklida chiqariladi. Yer yuzida esa u zilzila sifatida namoyon bo‘ladi.

-Zamonaviy litosfera sakkizta katta va ko'plab kichik plitalardan iborat. Katta plitalarning aloqa nuqtalari seysmik faol belbog'larni hosil qiladi, ular ichida kuchli zilzilalarning aksariyati sodir bo'ladi. Qizig'i shundaki, sayyoradagi eng kuchli zilzilalarning 80% dan ortig'i ushbu kamarlardan biri, Tinch okeani seysmik kamarida sodir bo'ladi. Oʻzbekiston Hinduston va Arab plitalari bilan oʻzaro aloqada boʻlgan Yevroosiyo plitasida joylashgan.

O‘zbekiston hududida har kuni o‘nlab zilzila sodir bo‘ladi, biroq odamlar ularni his etmaydi – faqat maxsus texnika zilzilalarni qayd etadi. Ammo yer yuzida 5-6 ball intensivlikdagi silkinishlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzilalar mamlakatda o‘rtacha yiliga bir marta sodir bo‘ladi, deydi Roman Ibragimov.



Seysmologiya institutining Geofizik maydon o'zgarishi laboratoriyasi mudiri Qaharbay Abdullabekovning fikricha, seysmik faollik seysmik stansiyalar tomonidan qayd etiladi.   Ularning 50 ga yaqini O‘zbekiston hududida o‘rnatilgan bo‘lib, ular seysmik stansiyalarning global tarmog‘iga kiradi. Bu esa mamlakat mutaxassislariga dunyodagi barcha zilzilalar haqida real vaqt rejimida ma’lumotlarni olish imkonini beradi. Zilzila kuchi nafaqat epitsentrning kattaligi va chuqurligiga bog'liq,  balki tuproqning turi va holati, hududning geologik xususiyatlari ham intensivlikka ta'sir qiladi, deydi Qaharbay Abdullabekov.

Olimlarning aytishlaricha, Seysmologiya instituti seysmik faollikni kuzatishdan tashqari zilzilalarni bashorat qilish bilan ham shugʻullanadi. Seysmik rejimning uzoq muddatli xarakteristikalari - har xil magnitudali zilzilaning vaqt va makonda tarqalishi o'rganiladi.

Roman Ibragimovning soʻzlariga koʻra, maʼlum bir magnitudali har bir zilzila uchun kuchliroq aniqlangan kuchli zilzilalar soni boʻladi. Seysmologiyadagi bu munosabat Guttenberg-Rixter qonuni bilan tavsiflanadi.

Institut mutaxassislari hozirgi seysmologik vaziyatni allaqachon sodir bo‘lgan zilzilalargacha bo‘lgan holat bilan solishtirib, bashorat qilishga harakat qilmoqda.

Mutaxassislar prognozning uch turini ajratib ko'rsatishadi: uzoq muddatli (o'nlab yillar davomida), o'rta muddatli (bir necha oydan ikki-uch yilgacha) va qisqa muddatli (bir necha soatdan bir oygacha).

Uzoq muddatli prognozlar yer yuzasining seysmik rejimi va deformatsiyasi haqidagi ma'lumotlar asosida tuziladi, bu GPS va geodeziya ma'lumotlari bilan aniqlanadi. O'rta va qisqa muddatli prognozlar Yerning magnit maydonini va er osti suvlarining gaz-kimyoviy tarkibini tahlil qiladi. Biroq, bugungi kunda dunyoda 100 foiz prognozlash usullari mavjud emas, deydi ekspertlar.

 

 Factchecker xulosasi: qisman rost

28 views
bottom of page