top of page

Soliq mobil ilovasini yuklab olib, yutuqqa ega bo‘lish mumkinmi?

Yolg'on xabarlar yoki soxta yangiliklar asosan noto'g'ri yoki chalg'ituvchi ma'lumotni tarqatish maqsadida ishlatiladi. Bunday xabarlar ko'pincha ijtimoiy media, Internet saytlari orqali tez tarqaladi.




Telegramdagi "Soliq xizmati xabarlari" kanali va shaxsiy xabarlar yozish orqali Soliq mobil ilovasini yuklab olib yutuqqa ega bo‘lishga haqida xabarlar tarqalmoqda.




O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Telegram messenjerida Soliq qo‘mitasining "Soliq xizmati xabarlari" kanali nomi bilan aynan bir xil bo‘lgan soxta kanal va soxta akaunt ochilgan.


"Ushbu kanal va shaxsiy akaunt orqali Soliq mobil ilovasini yuklab olish va buning uchun pul mukofotiga ega bo‘lish mumkinligi haqida yolg‘on xabarlar e'lon qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu firibgarlarning sizni aldashga urinishidir. Ilovani noma'lum manbalardan yuklab olmang. Ilovani faqat rasmiy platformalardan o'rnating va yangilang", deydi Davlat soliq qo'mitasi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Yelena Ismayeva.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Facebook va Instagram akkauntlaridan so‘ng telegramdagi rasmiy kanali @soliqnews ham verifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tib "verified" (tasdiqlangan) ko‘k belgiga ega.


Internet foydalanuvchilari saytning telegramdagi kanalini maxsus ko‘k belgi orqali boshqa soxta kanallardan oson ajratib olishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek ushbu belgi rasmiy sahifani qo‘shimcha xavfsizlik bilan ta’minlaydi.


Ogoh bo'ling! Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ishonmang!


Factchecker xulosasi: yolg'on


bottom of page