Neytral maqomda qatnashgan Rossiyalik sportchilarga 2024 yilgi o‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etishga ruxsat berilmadi, deya vahima ko‘tarishdi qator rossiyalik OAV. Jurnalistlarning yozishlaricha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) shunday qarorga kelgan. Ko‘pchilik mazkur qarorni Rossiya-Ukraina mojarosi bilan bog'liq deb tahmin qilmoqda.
Xalqaro o‘smirlar sport qo‘mitasi Rossiya va Belarus sportchilariga musobaqada qatnashishni taqiqlamagan. Yosh sportchilar individual musobaqalarda qatnashishlari mumkin. Klassik saralash 2023 yilning dekabr oyida yakunlanadi, xalqaro qishki sport federatsiyalari esa Rossiya va Belarus sportchilarining ishtiroki haqidagi qarorni biroz kechiktirgan.
Factchecker.uz xulosasi: feyk.