top of page

"Rinotin kids" mahsuloti xavflimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda "Rinotin kids"ning xavfli ekani toʻgʻrisidagi video, foto xabarlar tarqala boshladi.

“Rinotin kids” siropi dori vositasi emas, balki biologik faol qoʻshimcha boʻlib, Italiyada ishlab chiqariladi.

Ushbu mahsulotni Oʻzbekistonga olib kirish uchun “Gricar chemical S.R.L” kompaniyasining ishonchnomasiga asosan “Synergy Pharmco” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga 2022 yil 29 aprelda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 131-sonli qaroriga muvofiq ruxsatnoma berilgan. Mahsulot xavfsizligini tasdiqlovchi sanitariya-epidemiologik xulosa olingan. Ushbu ruxsatnoma Sanepidqoʻmitaning sanepid.uz   saytiga joylashtirilgan.

Aytish joizki, мahsulotlarni ishlab chiqarish, tashib keltirish, saqlash va realizatsiyasiga, sifati hamda xavfsizligiga ishlab chiqaruvchi tashkilot va uning ishonchnomasi asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari javobgar hisoblanadi.



Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan oʻrganish ishlarini olib boriishdi. Зaharlanish holatlarinining oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi. https://t.me/sanepidcommittee/11620

Qo‘mitaning 16 apreldagi hisobotida https://t.me/sanepidcommittee/11615 aytilishicha, Rinotin Kids dori emas, balki askorbin kislotasi, selen, rux, E vitamini va beta-glyukanni o‘z ichiga olgan biologik qo’shimchadir. U Italiyaning “Gricar chemical S.R.L” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Shu bilan birga, bu bioqo'shimchani Туркиянинг  “Rad Gida Laboratuvari ve Ilac Sanayi Ticaret Limited” kompaniyasi ham ishlab chiqaradi. Oʼzbekistonga asosan Turkiya mahsuloti eksport qilinadi.




Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasi mahsulot ishlab chiqarish, tashish, saqlash va sotish, shuningdek, uning sifati va xavfsizligi uchun javobgarlik ishlab chiqaruvchi va uning ishonchnomasi asosida ish yurituvchi kompaniyalar zimmasiga yuklanishini ta'kidladi. Shuningdek, “biologik qoʼshimchalarni xarid qilishdan avval ularning xavfsizligi tekshirilganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni Sanepidqoʼmitaning sanepid.uz saytiga joylashtirilgan elektron katalog orqali tekshirib olishni tavsiya qildi”.


Factchecker xulosasi: rost

90 views
bottom of page