top of page

Parasetamol tabletkasi tarkibida virus mavjud. Rost yoki yolg’on?



Telegramdagi “Borada” kanalida P/500 yozuvi boʻlgan parasetamol tabletkasini qabul qilishdan saqlaning” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.


Xabarda, “Parasetamol tabletkasini qabul qilishdan saqlaning. Ushbu hab dori yangi chiqqan oppoq va yarqiroq tusda boʻlib, shifokorlarning aytishicha uning tarkibida “Machupo” deb ataluvchi virus mavjud. U dunyodagi eng xavfli viruslardan biri hisoblanadi. Undan oʻlish xavfi juda yuqori. Bu xabarni hammaga ulashing, insonlarning hayotini asrab qolishda oʻz hissangizni qoʻshing” deyilgan.


O’zbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha “P/500” yozuvli parasetamol tarkibida virus mavjudligi haqidagi xabarlar asossiz. Bu haqida vazirlik oʻzining @ssvuz telegram rasmiy kanalida ma’lum qilgan.


Sogʻliqni saqlash vazirligi mazkur ma’lumotlar haqiqatga zid ekanligini ta’kidlash barobarida, yurtdoshlarimizdan har bir dori vositasi, xususan, parasetamol tabletkasi ham shifokor tavsiyasi asosida, tegishli koʻrsatma boʻlganidagina qabul qilish lozimligini eslatib oʻtadi.


Faktcheсker.uz xulosasi: yolg‘on

bottom of page