Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBga tegishli bankomatlarda naqd pul yechilganda komissiyalar miqdori oshirilgani toʼgʼrisida feyk xabarlar tarqalmoqda.
Oʼzsanoatqurilishbank Аxborot xizmati mazkur xabarlarni rad etdi. “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBda mahalliy (UzCard, Humo) kartalaridan naqd pul berish summadan 1 foizni, xalqaro toʼlov kartalaridan (shu jumladan, kobeydjing bank kartalari) naqd pul berish summadan 1,5 foizni tashkil etadi.
Ushbu tariflar “Oʼzsanoatqurilishbank” АTBning 2023 yil 26 avgustdagi Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan boʼlib, bugungi kunda komissiya miqdorini oshirish boʼyicha hech qanday qaror qabul qilinmagan. (Amaldagi tariflar bilan shu havolada tanishish mumkin).
Аksincha, hozirgi paytda “Oʼzsanoatqurilishbank” АTB tomonidan ish haqi loyihasi doirasida chiqarilgan xalqaro kartalardan bankning oʼz protsessing markaziga ulangan bankomatlar orqali naqd pul yechish summadan 0,4 foizni tashkil qilmoqda.
Faktchekker uz yurtdoshlarimizni ogohlikka chaqiradi. Bu kabi xabarlarga ishonishdan oldin albatta bankning https://sqb.uz/ rasmiy saytiga kirib ko‘ring. Zero, bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlar birinchi galda uning rasmiy veb saytida berib boriladi.
Faktchekker uz xulosasi: yolg‘on