top of page

Mashhurlarning internetdagi soxta obunachilarini fosh etamiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlarning “druzya” va “chitateli”, yaʼni mashhurning sahifasiga obuna bo‘lganlar soniga ahamiyat bersangiz qiziq sonlarni kuzatamiz. Bugungi davrda mashhur va ommabop bo‘lgannikiga qaraganda, kecha chiqqan va hali sanʼatda biron narsani qoyillatmagan, kamiga xalq tan olishi tugul, ensasini qotirgan mashhurlarga shunday obuna bo‘lganlarni soni reallikdan uzoqda bo‘lgan ko‘rsatgichda bo‘lsa xayratlansangiz kerak. Qizig‘i, baʼzilarining obunadagi odamlar soni ko‘rsatkichi butun boshli O‘zbekistondagi internetdan kuniga foydalanuvchilar sonidan xam yuqori bo‘lishini aql bovar qilmaydi. Xullas, yaqindagina mobil apparatimga yuklayotgan dasturlar orasida qiziq reklamaga ko‘zim tushdi: instagram, tvitter vkontakte va feysbukda obunachilar sonini yig‘ish, yaʼni sotib olish tariflari ko‘rsatilgan taklif va buning uchun maxsus elektron kartangiz yoki elektron “koshelyok”ingiz bo‘lsa kifoya ekan. U yerda 30-dan 3000-tagacha obunachilarni sotib olish tariflari berilgan. Albatta narxlari xam shunga loyiq.


Bundan tashqari yutubdagi kliplarni xam ko‘rilganlik sonini soxta ko‘tarib berish tariflariga xam ko‘zim tushib...ex devordim... Mana shundan keyin, yaqindagina bir tanishimning “Mana bu artistni o‘zini tanimasdim, faqat hammani ensasini qotirib, tanqiddan boshi chiqmaydigan bu artistni adashib profiliga kirsam 20 mingdan ziyod obunachisi bor ekan, qiziq, uni hali xalq tugul sanʼat olamini o‘zi yaxshi tanimasa, qayerdan shuncha obunachisi bor ekan? Shuniyam sotib olsa bo‘larkande a?” degan gapi miyamdan o‘tdiyu, shunday obunachilari yuqori ko‘rsatgichda bo‘lgan artistlarni shartta obunachilarini tekshira boshladim. Natijada, bir qancha aralash quralash va tushunarsiz nomda bo‘lgan, deyarli ikkita yo nari borsa uchtagina rasm qo‘yish bilan cheklanganu, ammo minglab odamlarda obunachi bo‘lganlar eʼtiborimni tortdi.



Mana bunday profillarga nima deysiz: Umuman surat qo‘ymaganu shunchaki ro‘yxatdan o‘tib, bir necha odamlarga obuna bo‘lganlar. Faoliyati shunchaki nomiga ochilgan profillar, soqqasiga istalgan odamga obuna bo‘lib, ularni obunachilar sonini ko‘p qilib beradi xolos. O‘zingiz bir qarab ayting, o‘zbek estradasidagilarga mana shunday obunadagilar mantiqan to‘g‘rimi? Xalqqa deyarli notanish bo‘lganlarniku aytmay qo‘ya qolay. Bir vaqtlar tvitter olamidagi mojarolarda mana shunday soxta anketalar tuzilib, o‘nta yollanganni yuzta odam nomidan xay-vay qilganlarini ko‘rgandimam va buni ayrim saytlar isbotlab ham berishgandi. Ishonsangiz, yuzdan ortiq shunday profillarni o‘sha yuqori ko‘rsatgichda obunaga ega artistlar obunachilar ro‘yxatidan aniqladim. Kulgulik.... soxta obruga erishib kelishayotgani yetishmagandek, soxta mashxurlikni internetda xam bolalatishayotgani , ustiligisidan ochiqchasiga qax-qax otib kuldiradi. Afsuski, yutubdagi yuz mingdan ziyod va millionta ko‘rilganlik kliplariga xam endi ishonch yo‘q... Menimcha ularni reytingini “layk” va “dislayk” ko‘rsatgichlari aniqlasa kerak. Yana bilmasam, yaqin kunlar shunday ko‘rsatgichlar natijasidagi anti xit-paradni taqdim etish rejamizda bor.


Yuzdan ortiq “feyk” (soxta) profillarni bu yerga qo‘yishga joy yetmagani uchun ayrimlarini qo‘ydim xolos. Demak, bemalol instagramdagi istagan artistingizni obunachilariga bir nazar solib chiqing. Maboda shunday “kasha-malasha”, aralash-quralash tushunarsiz nomlilari bo‘lib, ulardagi faoliyati atigi 2-3 surat bilan kifoyalangan bo‘lsa, o‘sha mashxur shunday soxta obunachilarni sotib olganini bilavering. Tvitterdan xam shu tarzda, deyarli yozmagan va nomlari aralash quralash tushunarsiz xamda ingliz tillarida bo‘lsa kirib bir tekshiringchi, hammasini tushunasiz. Xullas, artistlarni nomma-nom keltirishim shart ham emas, shunchaki o‘zingiz bir qarab chiqsangiz tushunasiz. Balki izoxlarda o‘zingiz aniqlaganingizni yozarsiz ham.



bottom of page