"Mona Liza" (La Gioconda) (ital. Ritratto di Monna Lisa del Giocondo) - italyan rassomi Leonardo da Vinchi tomonidan 1503-1519 yillarda chizilgan. Rasm dunyodagi eng mashhur va bebaho san'at asarlaridan biri bo‘lib, Uyg'onish davriga tegishli.
Ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida Leonardo da Vinchi va Mono Lizaning 1505-yilga oid birga tushgan surati e’lon qilindi.
Bu haqiqatga qanchalik yaqin? Ular tanish bo‘lganmi?
Factchecker.uz. ushbu faktni tekshirishga qaror qildi.
Ma'lumki, da Vinchining "Mona Liza" surati Liza xonim del Jokondoning portreti sifatida tanilgan. Aytishlaricha, u badavlat Florentsiyalikning yosh xotini edi. Leonardo zamondoshining ta'kidlashicha, surat Liza Gerardinidan chizilgan. Keyinchalik surat Luvrning asosiy "marvaridiga" aylandi. Mona Liza o'sha paytda savdogar Franchesko del Giokondoning rafiqasi edi.
1505 yilga oid fotosuratga kelsak, u soxtadir. Chunki fotograiya san'ati ancha kech paydo bo‘lgan bo‘lib, 1839 yil 7 yanvarda Frantsiya Fanlar akademiyasida Fransua Arago Nisefor Nieps va Lui Dager tomonidan tasvirni yaratishning yangi usuli haqida ma'ruza qiladi. Bu kun fotografiya ixtiro qilingan rasmiy sana hisoblanadi. Biroq, fotosurat yaratish ustidagi ishlar ancha oldin boshlangan edi.
Birinchi kameralar - obscura kamerasiga asoslangan bo‘lib, u teshigi bor qora quti bo‘lgan. Unga kiradigan yorug'lik tasvirni qarama-qarshi devordagi ekranga chiqargan. Agar ekran yorug'likka sezgir emulsiya bilan qoplangan bo'lsa, unda tasvir unga muhrlangan. Birinchi teshikli kameralar Uyg'onish davri rassomlari tomonidan real manzaralarni chizish uchun ishlatilgan.
Birinchi fototasvir 1822 yilda Nikefor Nieps tomonidan ixtiro qilgan geliografiya usuli yordamida yaratilgan. Ammo bizga faqat 1826 yildagi tasvir yetib kelgan - "Le Grasdagi derazadan ko'rinish". Tasvir taxminan sakkiz soat davomida olingan, so'ngra negativ metall plastinkada chop etilgan.
Leonardo da Vinchi va Mona Liza suratlari avvalroq Instagram’da 2023-yil 28-mayda deyarli bir xil rus tilidagi matn bilan chop etilgan. 29-may kuni post X (sobiq Twitter) ham e’lon qilingan. U quyidagi so‘zlar bilan chop etilgan edi: “Tarixdagi eng qimmat fotosurat: Mona Lizaning birgina surati kecha kimoshdi savdosida 113 million dollarga sotildi. Amirlikdagi xaridor anonim qolishni xohladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, X-dagi ba'zi akkauntlari fotosuratni 1504 yil bilan belgilagan.
Dunyodagi eng mashhur rasmlardan biri - Leonardo da Vinchining (Italiya rassomi va Uyg'onish davri olimi) Mona Lizasi (La Gioconda) 1503-1519 yillarda yaratilgan.
Aslida surat sun'iy intellekt (AI) tomonidan yaratilgan. Shunki 16-asrda fotografiya hali ixtiro etilmagan edi.
Factchecker.uz xulosasi: fotofeyk