top of page

Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaga tegishli Lexus RC 350 F Sport avtomobili sotuvga qo‘yildimi?



Internetda mahalliy avtobloger, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova boshqargan Lexus RC 350 F Sport avtomobili sotuvga qo‘yilgani namoyish etilgan video paydo bo‘ldi.

Tatyana Karimova boshqargani aytilayotgan mashina sotilayotganiga Karimovning nevarasi “buvimining nomlaridan foydalanib, odamlarni aldashgan”, deb izoh berdi. Birinchi Prezidentning nabirasi Maryam Tillayeva buvisining hatto haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini aytgan. Video murojaati yakunida Tillayeva mahalliy avtoblogerning ma’lumoti haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini bildirib o‘tgan.



Sotuvga qo‘yilgan avtomobil, Lexus RC 350 F Sport 318 ot kuchiga ega 3,5 litrli dvigatelga ega. Kupe sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisiga ega bo‘lib, 100 kilometrga taxminan 10 litr (ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra) sarflaydi.


Faсtcheсker.uz xulosasi: yolg‘on

bottom of page