top of page

Investitsiya platformalarida firibgarlikning asosiy turlari va himoyalanish usullari

Ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa Feysbukda “yirik xorij va O‘zbekiston kompaniyalariga sarmoya kiritib, daromad oling”, “Uzbekneftigazga sarmoya kiritib, daromad oling”, “Alisher Usmonov O‘zbekiston aholisining hayotini yaxshilaydi. USM platformasida rasmiy testdan o‘ting va internetdan real daromad olish imkonini qo‘lga kiriting” kabi e'lonlarga to‘lib ketdi.





Mazkur sxemani tekshirib ko‘rish maqsadida Factchecker.uz saytining muxbiri USM platformasidan ro‘yxatdan o‘tdi.



Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida albatta rus tilini bilish yoki bilmasligingiz so‘raladi. So‘ng nechchi AQSh dollari yoki yoki yevro sarmoya kiritishningizni belgilashingiz lozim. Sarmoya 100 Aqsh dollaridan boshlanadi. So‘ng ism va familiyangiz, telefon raqamingiz kiritilgach, bir soat ichida siz bilan ularning maslahatchisi bog‘lanishi yozilgan bo‘ladi.





So‘ng sizga o‘zini Nikolay, Amin, Konstantin, Charos, Anna va hokazo deb tanishtirgan shaxslar o‘zbek nomerlaridan qo‘ng‘iroq qilib, juda ham shirin ovozda kimligingiz, yoshingiz, qaerda ishlashingiz, nechchi pul sarmoya kirita olishingizni so‘rashadi. Suhbat faqat rus tilida boradi. Ulardan sertifikat so‘ralganda qo‘lda yasalgani ko‘rinib turgan, negadir UNESCO logotipi tushirilgan sertifikatni jo‘natishdi.



Nikolay ismli USM platformasining xodimi bilan Faktchekker.uz rahbari 2024 yil 5-6 avgust kunlari Andijonda “Xamrox” NNT tomonidan tashkil etilgan dezinformasiya va mediasavodxonlik bo‘yicha treningda ishtirok etayotgan 22 nafar qatnashchilari oldida nafaqadagi, rus tilini yaxshi tushunmaydigan ayol rolida gaplashdi. Nikolay o‘zini O‘zbekneftigaz kompaniyasida ishlashishini bot-bot takrorlagach, N. Qosimova Nikolayga u bilan aynan O‘zbekneftigaz binosida uchrashishni taklif berganida. Nikolay u bilan uchrasha olmasligini, pensioner ayolni qo‘riqlash bo‘limi kiritmasligini, undan ko‘ra N.Qosimova sarmoya uchun tikmokchi bo‘lgan pulini tezroq u yuborgan havoladan o‘tib, karta raqamini kiritib, u uchun ochilgan shaxsiy kabineti orqali to‘lashini maslahat berdi. N.Qosimova hozir Nikolay bilan bo‘lgan suhbatini dezinformasiya mavzusida o‘tilayotgan treningning 22 ta qatnashchisi eshitgani va uning firibgarligini aytishi bilan Nikolay birdaniga asl basharasini ko‘rsatib, haqoratga o‘tdi va telegram orqali jo‘natgan barcha xabarini o‘chirib tashladi.

Bundan tashqari firibgarlar turli xil fishing saytlar orqali davlatimiz rahbari, Saida Mirziyoeva, Alisher Usmonov, Zafar Xoshimov kabi taniqli shaxslarning suratlari, videolaridan foydalanib, sun'iy intellekt orqali ularning ovozlarini o‘zgartirgan holda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ishonchiga kirishga, ularni mo‘maygina daromad olishga undashadi.

Eng kulgulisi, bunday chaqiriq va “interv'yu”lar O‘zbekistonning taniqli OAVi Gazeta.uz, qalampir.uz va hokazolar, hamda taniqli jurnalist Ilyos Safarov nomi orqali beriladi. Ammo suratda jurnalist Ilyos Safarov emas, balki butunlay boshqa insonning surati, “interv'yu berayotan taniqli shaxslar” oldiga qo‘yiladi. Shu bilan birga Alisher Usmanov, Zafar Xoshimovlar “o‘zlarining biznes sirlarini ochib, aholini boy qilishgani haqida foydalanuvchilarning minnatdorchilik sharhlarini ham o‘qish mumkin.



Ammo diqqat bilan qaralsa, minnatdor El'nura Dehqonova juda ham aktrisa Dilnoza Kubaevaga o‘xshashini ko‘rishimiz mumkin.



Afsuski, aksariyat yurtdoshlarimiz “tekin pishloq faqat qopqonda bo‘lishini” unutib qo‘yishadi. Unutmang, turli xil reklamalar orqali O‘zbekiston va xorij kompaniyalariga sarmoya kiritish orqali daromad olib bo‘lmaydi. Aldanib qolib, pulingizdan ayrilib qolmang!


Factchecker.uz xulosasi: firibgarlik

bottom of page