top of page

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqalmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar rasmlari tarqalishi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.




Surat tushirilgan oltin tangalar yuzasidan Markaziy bank munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmagan. Tarmoqlarda tarqalayotgan suratlar esa feyk.



 

"Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim  voqealariga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaziy bankning rasmiy  veb-saytiga joylashtirilib kelinadi",-deyiladi xabarda.


Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan Prezident shaxsiga bagʻishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmaganini bildiramiz.


Factchecker xulosasi: yolg'on

bottom of page