top of page

IFCN: “Yaxshi jurnalistika va yaxshi faktcheking mas’ullarning javobgarlik hissini oshirishga xizmat qiladi”

Mening ismim Salvador Rodriges-Ruis, Pointer institutida qoshidagi Xalqaro faktlarni tekshirish tarmog'i (IFCN) da ishlayman. Men IFCNning tamoyillar kodeksining dastur xodimi sifatida tashkilot aʼzoligiga davogarlarning shaffoflik, aniqlik va noxolis fakt tekshiruvlariga rioya qiluvchi fakt-chekerlarning arizalarini korib chiqaman.

Mening maqsadim jurnalistlar va faktcheckerlar yurtlarida va mintaqalarida mavjud bo'lgan faktlarni tekshirish dasturlari haqida ma'lumot olishlari va tashkilotimizning arizasi va tekshiruvi bo'yicha tushuntirishlar berishlari uchun to'g'ri variant sifatida fakt-checking haqida o'ylashga yordam berishdir. Bizning veb-saytimizda mavjud bo'lgan o'quv dasturlari haqida taqdim etilgan ma'lumotlar fakt tekshiruvini o'tkazishda turli yo'llar bilan yordam beradi. IFCN veb-saytidagi grant imkoniyatlari uchun dasturlarlar ham Markaziy Osiyodagi media muhitini faktlar bilan tekshirishda yordam beradi deb umid qilaman.


Men ommaviy axborot vositalari muhiti, matbuot, soʻz va axborot erkinligi, dezinformatsiyaning oʻziga xos masalalari, tibbiy va atrof-muhit muammolari, shuningdek, olib borilayotgan targʻibot haqida maʼlumot oldim. O’rta Osiyo axborot olamida faktchecking yanada mustahkam bo'lishini va jamoatchilikni to'g'ri, ishonchli, xolis, siyosiy bo'lmagan axborot bilan ta'minlashni talab qiladigan zamonda yashmoqda.


Yaxshi jurnalistika va yaxshi faktchecking mas’ullari ko'zgusidir. va bu vositalar davlat yoki notijorat tashkilotlari, xususiy shaxslarni javobgarligini oshirishga xizmat qiladi. Yaxshi jurnalistika hokimiyat organlarini mas’uliyatini oshirish va jamoatchilikka to'g'ri, holis ma'lumotni yetkazib berish uchun tashkil etiladi. NNTlar xalqaro loyihalar (IFCN) yoki grant dasturlari orqali jurnalistikani rovojlantirishga qaratadigan hamkorlik yo'llarini topishi mumkin. Bu o’sha muhit uchun eng yaxshi mahsulot, jurnalistlarning, jarayon va axborotni targ'ib qilish va rivojlantirishga qarartilgan eng yaxshi jarayonidir.



Aholining Media savodxonligi (MS)ni oshrish juda muhim. Media va yangiliklarni sohasida faoliyat yuritmaydigan odamlar, media yo’nalishi juda chalkash va murakkab ko’rinishi mumkin. MS odamlarga ma'lumot qanday amalga oshirilishini o'rgatishda kuchli komponent bo'lib, mahalliy yangiliklar tashkilotlari, gazetalar va faktlarni tekshirish tashkilotlariga nafaqat ishonchni mustahkamlash, balki jamiyatda ular qanday ishlayotganligi va halolroq bo'lishini targ'ib qilish imkoniyatini beradi.



Bizning sohamiz ham o'ziga xos standartlarga ega bo'lib, ko'pchilik bu jarayon qanday ishlashini tushunmaydi. Unga noxolis yoki adolatzis, deb baho berishi mumkin. Media savodxonligi esa bu noto‘g‘ri talqinning oldini olishga yordam beradi.




Salvador Rodriges-Ruis


Dastur xodimi, Xalqaro faktlarni tekshirish tarmog'i (IFCN).

11 views
bottom of page