Ijtimoiy tarmoqlarda, asosan Telegram guruhlarda @HAYOTJONGA_YORDAM sarlavhasi ostida na ota- onasining ism familiyasi, na bolaning familiyasi ko‘rsatilgan Hayotjon ismli yurak jarrohligini boshidan o‘tkazgan, ammo tuzalib ketmayotgan bolakayga yordam so‘ralgan postlar aylanmoqda. Turli davrlarda ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan postdagi rasmlar va karta raqamlari o‘zgarib boradi. Ilk yordam so‘rab tarqatilgan kartada bolakayning onasi sifatida familiyasi bilan “8600 0210 0544 0089 TORAYEVA DILDORAXON” keltirilgan.
Xattoki, 11 iyun' 2022 yili Telegram ijtimoiy tarmog‘ida guruhi ham ochilgan. Guruh profilida “OTASINING KARTA RAQAMI UZKARD Egamberdiyev Sherzod
8600020152774878” karta raqami va 998973593101 telefon raqami ko‘rsatilgan
Keyingi tarqatilgan xabarlarda familiya olib tashlanib, boshqa karta raqami 8600061069358561 ko‘rsatilayapti.
Asosan so‘nggi “xayriya qilish”, “savob” so‘zlari yozilgan bolakayning jarrohlik amaliyotidan keyingi suratlari Rasulov Zafar degan shaxsning karta raqami bilan tarqalmoqda. Oxirgi yordam so‘rabqatilayotgan surat tagiga esa xatolar bilan kiril alifbosida yozilgan “Valantornin karta raqami”qo‘shilgan. Suratlarda «isbot» sifatida berilgan shifoxonadagi ko‘chirmalarda bolakayning ism-sharifi ko‘rinmaydi, buning ustiga mazkur ko‘chirma aynan jarrohlik operatsiyasining ko‘chirmasi emas.
Factchecker.uz ning aniqlashicha, Egamberdiyev Sherzod ismli shaxsga telefon qilganimizda u otasi emasligi, xattoki nega uning ismi kartaga qo‘yilganini eshitib hayron bo‘ldi. Onasi esa telegramda allaqachon tuzalib ketgan o‘g‘lining sog‘lig‘ini tiklash uchun hanuz firibgarlar tomonidan pul to‘planayotgani, hattoki telelegramda guruh ochilganidan xabari ham yo‘q ekan.
Factchecker.uz ogohlantiradi: ijtimoiy tarmoqlarda kasal insonlarga yordam so‘rab tarqalayotgan xabarlarni sinchiklab o‘qing. Xabarlarda kasal insonning yaqin qarindoshlarining telefon raqamlari, kasalning aniq tashxis varaqasi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Pul o‘tkazishdan oldin telefon raqamlar orqali yaqin qarindoshlar bilan bog‘laning, ular haqiqatdan ham yaqin qarindoshligini isbotlovchi hujjatlar nusxasini, kasalni davolovchi shifokorning ismi va sharifi, uning telefon raqami, kasalxona nomini so‘rang. Iloji boricha kasalxona bilan bog‘lanib, haqiqatdan ham shunday shifokor bor-yo‘qligini tekshiring. Faqat shundagina siz ehson qilmoqchi bo‘lgan mablag‘ haqiqiy muhtojlarga yetib boradi!
Factchecker.uz xulosasi: firibgarlik, shubxali xabarlar