top of page

Aslida ko'k jiguli kimga tegishli?



Xonanda Ozoda Nursaidova tomonidan bundan to‘rt oy ilgari youtube.comga joylanib 254 milliondan oshiq ko‘rilgan "Ko‘k jiguli", qo‘shig‘i aslida plagiat ekani iddao qilinmoqda. Bu qo‘shiq ikki hafta ichida nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo trendiga chiqib rekord o‘rnatgan edi.



Endi esa tarmoqlarda qo‘shiqning 1997-yili aytilgan boshqa versiyasini yuklashdi. Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Ozoda Nursaidovaning "Ko‘k jiguli" xonishi ayni qo‘shiqning takroridir.


Xonanda Instagram sahifasida ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan videoga quyidagicha munosabat bildirdi."Men hozir bitta video ko‘rib qoldim, menga videoni Instagramdan uzatishibdi, kimligini bilmayman blogermi yoki boshqa kishi bitta video yasagan. Videoning boshiga bir qizaloqning yugurib o‘tgani, qolgan qismiga 1997-yildagi to‘ylarni qo‘yib, video davomida to‘ylarda yuradigan bir erkak ashulachini ulab yuborgan. Men bir narsani tushunmayman, bunaqa videolar bunaqa tuhmatlar nima maqsadda qilinadi?. Aktiv uchunmi, e’tibor uchunmi, yoki birorta buyurtmami bu? nimaga bunaqa qilinadi? Bu tuhmat nima sababdan qilinadi, ya’ni xudodan qo‘rqmaysizlarmi, shunchalik ham iymoninglarni yeb qo‘yganmisizlar? Qani to‘qson yettinchi yil kim aytgan ekan? Menga topib berishsin o‘sha ashulachini, uyalmaysizlarmi, men shu paytgacha jim turdim, endiyam chidolmadim. Men endi chiqqan qo‘shiqchi emasman, lekin bunaqa izza qilib odamlarga negativ to‘ldirish yaxshi emas", - deydi Ozoda Nursaidova video murojaatida.


Sahifasiga yuklagan video murojaati ostiga xonanda qo‘shimcha sifatida "Nega shunaqamiz? O‘sha videoni ko‘rganlar bo‘lsa birinchi Instagramga qo‘ygan profilni tashlavoringlar iltimos. Videoni kim yasaganini bilaylik"deb qo‘shimcha sifatida izoh qoldiradi.


Faktchecker.uz xulosasi: yolg‘on

58 views
bottom of page