Insoniyat doimo abadiy harakatlanuvchi mashina – (lot. perpetuum mobile, so‘zma-so‘z – doimiy harakat), ixtiro qilishga urinib ko‘rgan, u bir marta harakatga keltirilsa, tashqaridan energiya olmasdan, cheksiz vaqt davomida ishlashi mumkin.
Ingliz shifokori, faylasuf Robert Fludd o'zga dunyo kuchlari mavjudligiga ishongan, shuning uchun ilmiy jamoatchilik Fluddga shubha bilan qaragan va uning ixtirolarini jiddiy qabul qilmagan. Faylasuf abadiy harakat mexanizmini yaratishga uringan. U 17-asr boshida suv vintini yaratadi. G'ildirak suv aylanishi orqali aylanib, tonnalab donni suv tegirmonlariga doimiy ravishda tashishga va ularni qaytarib olishga majbur bo'lgan fermerlarning ishini soddalashtirish uchun yaratilgan.
12-asrda hind matematigi va astronomi Bxaskara abadiy harakatlanuvchi mashina yaratish haqida o'ylagan birinchi olimlardan biri edi. Mashina dizayni juda oddiy edi: ichi simob bilan to'ldirilgan konkav spikerli yog'och g'ildirak suyuqlik harakati tufayli harakat qiladi. G'ildirak muvozanatsiz ,o’lgani uchun aylanishi kerak edi. 12-asrda bu ixtiro haqiqatan ham katta ilmiy yutuq deb hisoblangan.
Londonlik zargar va ixtirochi Jeyms Koks tovus va kumush oqqush kabi mashhur soatlarning yaratuvchisidir. Ixtirochi 1774 yilda abadiy soatni yaratdi. Mexanizm simob harakati tufayli ishlaydi: u shisha naycha orqali atmosfera bosimi ta'sirida ko'tarilib, tushdi. Buning yordamida mexanizmning qismlari muvozanatlangan va yuklar ko'tarilgan holda qoladi. Hozirda soat Viktoriya va Albert muzeyida saqlanmoqda.
1813 yilda Charlz Redjeffer o'zining buyuk ixtirosi - abadiy harakat mashinasini aratganini ye'lon qildi.. Uilyam Tomson (Lord Kelvin) ikkinchi turdagi doimiy harakat mashinasini yaratish (1851) mumkin emasligi tamoyilini ishlab chiqdi. Uning fikricha, abadiy jarayonlar tabiatda mavjud emas.Abadiy mashinalarning harakat prinsipi faqat termal rezervuarni sovutish natijasida hosil bo'lgan mexanik ish bo‘lishi mumkin. Bugungi kunga qadar insoniyat abadiy harakat mashinasini yaratishga muvaffaq bo'lmadi, chunki abadiy harakat mashinasi haqidagi har qanday tushuncha energiyaning saqlanish qonuniga yoki termodinamikaning ikkinchi qonuniga zid keladi. Doimiy harakatlanuvchi mashinani yaratish energiya manbai sifatida tabiatning asosiy qonunlaridan biri - energiyani saqlash qonuni tufayli mumkin emas.
Factcheckera xulosasi: yolg'on